
Angliya terma jamoasi hujumchisi Xarri Keyn JCH-2018 1/8 final Kolumbiyaga qarshi o‘yinda o‘zi penalti ishlab olib aniq amalga oshirdi.
Keyn ushbu mundialda ishtirok etgan har 3 o‘yinda gol urishga erishdi. Uning hisobida ayni damda 6 ta gol bo‘lib JCH-2018ning eng yaxshi to‘purari bo‘lib turibdi.
Xarridan keyingi o‘rinlarda – Romelu Lukaku (Belgiya) va Krishtianu Ronaldu (Portugaliya) – to‘rttadan gol urishgan. Portugaliyaliklar mundialni tark etishdi va poygada Lukakuning imkoniyatlari mavjud.
Yana uchtadan gol urgan va mundialdagi ishtirokini davom ettirayotgan futbolchilarga – Denis Cherыshev (Rossiya), Kilian Mbappe (Fransiya), Diyego Kosta (Ispaniya), Edinson Kavani (Urugvay) va Artem Dzyuba (Rossiya) kabi futbolchilar kirishadi.
O‘yinlarda seyvlar qilish borasida ko‘rsatkichlar: Gilyermo Ochoa – 25 ta seyv, Kasper Shmeyxel – 17 ta seyv, Eydzi Kavasima – 14 ta seyv, Igor Akinfeyev – 13 ta seyv.
Manba: www.uff.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing