
Kecha, 9 iyun sanasida futbol bo‘yicha 2018 yilgi O‘zbekiston Kubogining chorak finaliga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Qur’a marosimi Sport-TV’da jonli efirda namoyish etildi.
Chorak final juftliklari quyidagicha ko‘rinish oldi:
«Paxtakor» — «Lokomotiv»
«Andijon» — «Bunyodkor»
AGMK — «Mash’al»
«Qo‘qon-1912» — «Qizilqum»
Chorak final bahslari 17 va 18-sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Yarim final bahslari esa 27-sentyabrga belgilangan. Yarim final bellashuvlari ham qolganlari kabi faqatgina 1 ta o‘yindan iborat bo‘ladi (uy-safar emas). Bu bosqich uchun ham alohida qur’a marosimi bo‘lib o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar