
Daniya terma jamoasining sobiq darvozaboni Peter Shmeyxel JCh-2018 finalidan o‘rin olgan Fransiya – Xorvatiya (4:2) uchrashuvi hakamini tanqid ostiga oldi.
Nestor Pitana birinchi bo‘limda VAR tizimiga tayangan holda Xorvatiya darvozasi tomon penalti belgilagandi.
«Jahon chempionti finali – bu juda muhim palla, ammo hakam uni o‘g‘irladi. Bu xorvatlarning hafsalasini pir qildi. Ularning oldingi o‘yinlarda ko‘rsatgan jasorat va qo‘shimcha energiyalari bir deganda yo‘qoldi.
Ushbu final bunday holatga loyiq emasdi. Men Xorvatiya termasiga muxlislar mehrini qozongan jamoa sovrinini bergan bo‘lardim. Ular bizni ilhomlantirishdi va qiyinchilik bilan natijaga erishish mumkinligini ko‘rsatishdi», – deydi Shmeyxel.
Manba: www.uff.uz
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar