
Kecha O‘zbekiston milliy terma jamoasining yangi bosh murabbiyi argentinalik Ektor Kuper bo‘lishi haqida yozgan edik. «Xabar.uz»ning O‘FA rasmiylariga yaqin manbasi ushbu xabar haqiqatga to‘la mos ekanini tasdiqladi.
«Ektor Kuper bilan amalda barchasi hal etib bo‘lingan. Faqatgina rasman shartnoma imzolanishini kutyapmiz. Yaqin kunlar ichida bu haqda rasman e’lon qilinadi.
Kuper terma jamoamizni faqatgina Osiyo kubogi vaqtida boshqaradimi yoki jahon chempionati saralash bosqichlari yakunigachami, hozircha aniq gap ayta olmayman. Ammo katta ehtimol bilan shartnoma jahon chempionati saralash bosqichlari tugagunga qadar imzolansa kerak», — dedi manba.
Eslatib o‘tamiz, 62 yoshli mutaxassis o‘z vaqtida Yevropaning «Valensiya» va «Inter» kabi bir qator grand klublarini boshqargan. 2000 yilda Yevropaning eng yaxshi murabbiyi deb topilgan Kuperning so‘nggi ish joyi Misr terma jamoasi bo‘lgan edi. U jahon chempionatidagi omadsizlikdan so‘ng iste’foga chiqarildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar