Repsi Superliganing 18-turidan o‘rin olgan AGMK - “Buxoro” uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. Olmaliq shahrida bo‘lib o‘tgan bahsda mezbonlarning qo‘li balandi keldi.
30-daqiqa o‘tib borayotgan bir vaqtda Shavkat Mullajonov o‘z jarima maydoni ichida to‘pni qo‘li bilan o‘ynadi va mehmonlar darvozasi tomon penalti belgilandi. 11 metrlik jarima zarbasini Yovan Jokich aniq bajarib jamoasini oldinga olib chiqdi.
73-daqiqada Jokich raqib darvozasini aniq nishonga olgan holda, o‘yindagi dublini nishonladi.
Shu tariqa, AGMK Superligadagi g‘alabasiz seriyasiga nuqta qo‘ydi.
Repsi Superliga, 18-tur
AGMK – “Buxoro” 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 30, penalti Jokich, 2:0 – 73 Jokich.
AGMK: Roman Abdulov, Abduqahhor Xojiakbarov, Azamat Isroilov, Muzaffar Muzaffarov, Jasur Hasanov, Zohir Pirimov (Jamshid Hasanov, 76), Vladimir Bubanya, Milosh Trifunovich, Vladislav Kasminin, Abdumalik Abdullayev (Lutfulla To‘rayev, 51), Yovan Jokich.
"Buxoro": Akmal Tursunboyev, Boburjon Omonov, Arslonmurod Omonov, Shavkat Salomov (Javohir Qahramonov, 61), San’at Shixov, Behruz Shodmonov, Shavkat Mullajonov, Rabbim Hasanov (Aziz Ibragimov, 53), Ergash Ismoilov, Mirjalol Jumayev, Vadim Chemirtan (Shahboz Erkinov, 57).
Ogohlantirishlar: Shodmonov (28), Omonov (56), Erkinov (85).
Manba: www.uff.uz
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti
Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin
Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi
U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi
Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi
Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda!
Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz"