
Kun.uz saytining yozishicha, O‘zbekiston Jismoniya tarbiya va sport vaziri Shoakrom Isroilov rahbarlik lavozimini tark etgan.
Ma’lumki, Shoakrom Isroilov avvaliga O‘FA vitse-prezidenti lavozimida ish boshlab, keyinchalik sport vaziri etib tayinlangandi. Ayni vaqtda uning o‘rniga birinchi o‘rinbosar Oybek Qosimov vaqtincha vazirlikni boshqarmoqda.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning fevral oyida Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi raisi Rustam Qurbonov o‘z lavozimni tark etib, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutining sobiq rektori Shoakrom Isroilov uning o‘rnini egallagan, mart oyi boshida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan qo‘mita negizida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashkil etilib, Isroilov vazirlikning birinchi rahbari bo‘lgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar