
"Real" prezidenti Florentino Peres klub yarim himoyachi Luka Modrich jamoani tark etishi haqidagi gaplarga chek qo‘ydi.
Jamoa rahbariyati ham, futbolchi va uning vakillari ham 32 yoshli yarim himoyachi Madridni tark etishi borasidagi gap-so‘zlarni rad etishdi.
"Real" xorvatiyalik transferi borasidagi takliflarni ko‘rib ham chiqmaydi. Eslatib o‘tamiz, avvalroq futbolchi xizmatlariga Milanning "Inter" klubi jiddiy qiziqayotgani xabar qilingandi.
"Modrichni sotib olishning yagona yo‘li – shartnomada belgilangan 750 million yevroni to‘lash", – qayd etadi Peres.
Futbolchi ham Madridda barchasidan qanoatlanmoqda. Yaqin kunlarda u mashg‘ulotlarga qaytadi va Yevropa Superkubogi uchun "Atletiko"ga qarshi o‘yinga tayyorgarlikni boshlaydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar