date
views 3 522

Bugun O‘zbekiston OTJ Osiyo o‘yinlaridagi ishtirokini boshlaydi

Bugun O‘zbekiston OTJ Osiyo o‘yinlaridagi ishtirokini boshlaydi
Bugun Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Osiyo o‘yinlaridagi ishtirokini boshlaydi.

Vakillarimiz 9 avgust kuni Indoneziyaga uchib ketishgani haqida xabar berib o‘tgandik. Ular uchrashuvlarga tayyorgarlik doirasida mashg‘ulotlarda faol qatnashishdi.

Bugun Toshkent vaqti bilan soat 14:00da O‘zbekiston OTJ Bangladeshga qarshi uchrashuv bilan Osiyo o‘yinlaridagi ishtirokini boshlaydi.

Ravshan Haydarov shogirdlariga bo‘lajak musobaqa oldidan omad tilab qolamiz!

14 avgust

1-tur:
O‘zbekiston – Bangladesh
Jakarta. «Pakansari» stadioni
Boshlanish vaqti: 14:00

16 avgust
2-tur:
Qatar – O‘zbekiston
Jakarta. «Pakansari» stadioni
Boshlanish vaqti: 17:00

19 avgust
3-tur:
Tailand – O‘zbekiston
Jakarta. «Pakansari» stadioni
Boshlanish vaqti: 17:00

Izoh: O‘yinlar boshlanishi Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bugun O‘zbekiston OTJ Osiyo o‘yinlaridagi ishtirokini boshlaydi