«Atletiko» klubi bosh murabbiyi Diyego Simeone jamoasining «Real» ustidan qozonib UYeFA Superubogini qo‘lga kiritgani haqida o‘z fikrlari bilan matbuot anjumanida o‘rtoqlashdi.
«Bizga zahiradan tushgan futbolchilar ko‘mak berdi. Ular bizga yanada bardoshli bo‘lishga ko‘mak berdi. Korrea, Vitolo, Ximenes, Tomas juda ham kuchli o‘yin namoyish qilishdi. Hisob 2:2 bo‘lganida biz yana ham yaxshiroq o‘ynay oldik.
Bizda ajoyib futbolchilar mavjud. Biz uchun eng kerakligi – ularning sog‘lom bo‘lishi. Shunday ekan g‘alaba qozonish uchun imkoniyatlarimiz ko‘p bo‘ladi. Bugun Tomas ko‘p jihatdan o‘yinni o‘zgartirib yubordi.
«Real» anchadan buyon yevrokubok finallarida mag‘lub bo‘lmagan edi. Finalda «Real»ga qarshi ko‘p narsa o‘xshamas edi. YeChLda esa biz ularni mag‘lub eta olmadik ham. Bugun g‘alaba biz tomonda bo‘ldi. Bu bizga kuch va o‘zimizga bo‘lgan ishonchni orttiradi. Bugun xursand bo‘lsak, ertadan boshlab chempionatda «Valensiya»ga qarshi o‘yin haqida o‘ylaymiz.
4:2 hisobi bizning umuman bosh turdagi o‘yin uslubimiz haqida gapiradi. O‘zimizga ishonamiz. O‘sishda davom etyapmiz: yangi stadion, bizni tark etishni istamayotgan va boshqa klubdan taklifi bor ko‘plab yosh futbolchilar mavjud.
Finallarda ikki marotaba ketma-ket mag‘lubiyat meni qiyin ahvolga soldi, kelajagim haqida o‘ylashga majbur etdi. Lekin hozir bu haqida o‘ylash kerak emas. Futbolda sen navbatdagi o‘yinda g‘alaba qozonsang yaxshisan, bo‘lmasa yo‘q.
O‘yinni ajoyib boshladik, Kostani tezkor goli bizga kuch bag‘ishladi. Penalti esa o‘yindagi eng qiziqarli holat bo‘ldi. Undan keyin o‘yin yana teng kurashlar ostida kechdi. Biroq keyin biz yaxshiroq o‘ynay oldik – bu yerda muhim ro‘lni almashtirishlar o‘ynadi.
Diskvalifikatsiya? U tribunasida bugun sovuq edi. Yaxshi jihatlaridan – o‘yinni tomosha qilish uchun juda ham qulay ekan. Biroq tepada ekangligingda futbolchi va murabbiylar bilan aloqa uzilishi yomon», - deydi Simeone.
Manba: www.uff.uz
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi