O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Qatarga qarshi bahsda 6:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuv yakunlangach terma jamoamiz bosh murabbiyi Ravshan Haydarov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Bu haqda MOQ rasmiy sayti xabar bermoqda.
“Avvalambor oldimizga qo‘yilgan minimal vazifa bajarilgani bilan barchani tabriklayman. O‘yin uchun tuzgan barcha rejalarimiz amalga oshdi. Birinchi turdan so‘ng Qatar terma jamoasi o‘yinini tahlil qildik va to‘g‘ri taktika tanlay oldik. Ko‘rib turganingizdek, bu hisobda ham aks etdi”, – dedi terma jamoamiz ustozi.
Shuningdek, terma jamoamiz a’zosi Rustam Ashurmatov ham uchrashuvdan keyingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“O‘zbekistondan tashrif buyurgan ko‘plab ommaviy axborot vositalari xodimlarini ko‘rib juda xursand bo‘ldik. Buni kutmagandik. Hammangizga alohida rahmat aytib o‘tmoqchimiz. O‘yin haqida gapiradigan bo‘lsak, bahs bizning nazoratimiz ostida o‘tdi. O‘yin davomida o‘ylab qo‘ygan rejalarimizni amalga oshirdik. Navbatdagi uchrashuvlarda ham shu tempda harakat qilamiz va o‘yindan-o‘yinga kuchayib boramiz”, – dedi futbolchi.
Qayd etib o‘tish lozimki, ushbu g‘alaba orqali futbolchilarimiz muddatidan oldin keyingi bosqich masalasini hal qila olishdi. Terma jamoamiz guruhdagi so‘nggi uchrashuvni 19 avgust kuni Tayland terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 17:00da boshlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi