Pepsi Superligasi 22-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” - “So‘g‘diyona” (2:2) o‘yinidan keyingi matbuot anjumanida jizzaxliklar ustozi Sergey Lushchan uchrashuv borasidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Turnir jadvalidagi o‘rindan kelib chiqadigan bo‘lsak, biz uchun ham, raqiblar uchun ham o‘yinning muhimligi yo‘q edi. Chempionatda shunday o‘yinlar bo‘lmoqdaki, nima uchun o‘ynayotganingni ham bilmaysan. Qolganlarni bilmadimu, men uchun shunday tuyulmoqda.
Jamoam so‘nggi vaqtlarda qiyin uchrashuvlarni juda ko‘p bora o‘tkazdi. “Qo‘qon-1912”ga qarshi uchrashuvdan keyin shogirdlarim tiklanib olishi uchun 20 soatgina vaqtga ega bo‘ldi. Bizga Bundesliga futbolchilari kerak. Ular odam emas, robot.
Yana taqvim borasida so‘rov. Ha, biz bu borada ko‘p o‘qiyapmiz, eshityapmiz. Xatolar bor, buni to‘g‘rilaymiz. Biroq bu uchrashuv hech kimga kerak bo‘lmadi. Ikkita kerak bo‘lmagan gollarni urdik. Bu raqiblarning xatosi tufayli bo‘ldi.
Moliyaviy qiyinchiliklar, umuman olganda jamoada qanday muammolar bo‘lishidan qat’i nazar “Bunyodkor” - o‘zbek futbolining bayroqdor jamoasi. Ketma ket uch yildan “Bunyodkor” faqatgina akademiyadagi futbolchilariga tayanib o‘yin ko‘rsatmoqda. Klubni hech kim qo‘llab-quvvatlamayapti. Bu sharmandalik, barcha uchun sharmandalik. Bu mening fikrlarim. Shunchaki, jamoaning ushbu holatiga qarash juda qiyin. Svetning o‘chirilgani, suv berilmagani...
Bunga javob beradigan, javobgarlikni o‘z bo‘yniga oladigan kimdir bormi? Odamlarni uyg‘otmoqchiman. Bu stadion, akademiyani qurish uchun oz mablag‘ ketganmi? Millionlar sarflangan. Barchamiz birgalikda qo‘llab-quvvatlaylik. Buni talab qilaman. Shunchaki achinarli.
Manba: championat.asia
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi