"Nasaf"ga qarshi o'yindagi xet-trik bilan Superliga to'purariga aylanib olgan «Paxtakor» klubi hujumchisi Ismoil Gonsalvesh uchrashuv va mavsum xususida fikrlarini aytib o'tdi.
- O'yinda ishqibozlarimizni chiroyli g'alaba bilan xursand eta oldik. Bellashuvni nazorat qildik va vaziyatlardan unumli foydalandik. Bilmadim, bu mavsumdagi eng yaxshi o'yinimmi yoki yo'q, ammo biz har doim bor kuchimizni berishga urinamiz.
Xet-trikka erishganimda jamoadoshlarimning hissasi ulkan bo'ldi. Ular menga shunday imkoniyat yaratib berishdi. Jamoaviy o'yin va g'alaba eng muhim narsa. Yakunda chempion bo'lishimiz barchasidan kerakliroq turadi.
Keyingi bosqichni "oltin ochkolar" bilan boshlashimizni bilganimda hayron bo'lgandim. Ammo format shunday va shu bo'yicha o'ynaymiz. Oldimizga chempionlik maqsadini qo'yganmiz. Ushbu niyat yo'lida olg'a qadam bosishda davom etamiz. Ikkinchi bosqichda barcha raqiblarni mag'lubiyatga uchratishga harakat qilamiz. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin