
Xabaringiz bor, 27 avgust kuni futbolchilarimiz Osiyo oʻyinlarining chorak finali doirasida Janubiy Koreya terma jamoasiga qarshi maydonga tushishadi. Ushbu oʻyinning ahamiyati nihoyatda yuqori. Mazkur uchrashuvni finalga qiyoslasak ham mubolagʻa boʻlmaydi. Mutaxassislarning taxminicha, ushbu juftlik gʻolibi yakunda Osiyo oʻyinlari chempionligini qoʻlga kiritishi ehtimoli juda yuqori boʻladi.
Muhim bahs oldidan Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi Prezidenti, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonovning topshirigʻiga binoan, boksimizning bugungi kundagi yorqin yulduzlari, Olimpiya oʻyinlari chempionlari, nufuzli xalqaro turnirlar gʻoliblari futbolchilarimiz istiqomat qilayotgan mehmonxonaga tashrif buyurishdi va ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashlarini maʼlum qilishdi. Gʻoliblik ruxi bilan boʻlishishdi, futbolchilarimizga omad tilashdi.
Indoneziyadagi Osiyo oʻyinlarida Oʻzbekiston sport delegatsiyasi bayroqdori Isroil Madrimov, Olimpiya oʻyinlari chempioni Hasanboy Doʻsmatov va yana bir qator bokschilarimiz soʻzga chiqar ekanlar, futbolchilarimizga omad tilashdi, ruhiy tomonlama qoʻllab-quvvatlashlarini taʼkidlashdi. Muxlislar qatorida bokschilarimiz ham futbolchilarga har tomonlama dalda boʻlishlarini alohida qayd etib oʻtishdi. Oʻz navbatida, Ravshan Haydarov shogirdlari ushbu eʼtibordan juda xursand boʻlishdi. Janubiy Koreyaga qarshi oʻyinda bor kuch-gʻayratlarini ishga solib, albatta gʻalaba qozonishlarini va vaʼda qilingan chempionlikni Oʻzbekistonga taqdim etishlarini taʼkidlab oʻtishdi.
Manba: olympic.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar