16:06 / 28.08.2018
2 960

Zidan - ikkinchi Fergi. Biroq u MYUni oʻzgartiradi degani emas

Zidan - ikkinchi Fergi. Biroq u MYUni oʻzgartiradi degani emas
“Old Trafford”dagilar Mourinodan keyingi hayotni oʻylashni boshlab yuborishgan.

Jamoa rahbariyati tufayli Lui Van Gal bilan boʻlgan voqealar yana qaytarilmoqda. Angliya kubogi finalidagi gʻoliblikdan keyin berilgan isteʼfoni gollandiyalik mutaxassis xoinlik deb hisoblagandi.

“Yunayted”ning soʻnggi ikki murabbiylari qiyinchiliksiz tanlab olindi: koʻplab sovrinlarga ega chiqqan, kuchli va oʻsha pallada ishsiz edi. Ularga chegarasiz erkinlik berildi va shunday holatda ham jamoaning qayta yaralishi yuzaga kelmadi.

Hozircha MYU rivojlanish yoʻliga tushib olishdan anchagina uzoqda, va shuni taxmin qilish mumkin-ki, Mourinoning oʻrnida ishlaydigan inson ham portugaliyalik hamda Van Gal davridagi prinsipni tanlaydi. Zidan - klub rahbariyati va Ed Vudvord uchun ajoyib variant.

YECHLdagi uch sovrin bilan “Real” tarixiga ajoyib ravishda kirgan murabbiy kutilmaganda isteʼfoga chiqdi. Fransuz - ayni damda ishsiz yurgan eng mashhur murabbiy. U yosh, gʻayratli va muxlislar uchun ham qiziqarli.

“Yunayted”ning koʻplab muxlislari Ser Aleksni eslatib yuborayotgan Zidanni hoziroq “Old Trafford”ga olib kelishni istamoqda. Ajablanarli joyi yoʻq: uning koʻrinishi shotlandiyalikning fonini beradi (Ser Aleks ham yoshligida jamoaga kelgan, muvaffaqiyatlarga oʻch boʻlgan), shuningdek, ish uslubi ham.

Zidan Fergi kabi, faqatgina taktikaning dahosi emas, shunchaki dohiy! Uning “Real”i olinishi mumkin boʻlgan barcha sovrinlarga ega chiqdi. Baʼzida raqibni jarima maydonchasi ichida qamab qoʻygan boʻlsa, ayrim vaziyatlarda qarshi hujumlarda jazoladi. “Real” juda yomon oʻyin koʻrsatgan vaqtlari ham boʻldi, ammo ular oʻz kuchi bilan buni yuvib keta olishdi.

“Yunayted”da ham shunday edi - mashhur Fergi-taym jamoaning koʻplab oʻyinlarini qutqarib qolardi va ajoyib tarix yaratardi. Zidan ham jamoasini ushbu sharoitga moslashtirdi va shundan qobiliyatni singdirdi. U tarkibda katta rotatsiyani amalga oshirdi, biroq oʻshanda u yoki bu futbolchilarning oʻzini koʻrsata olishini ham hisobga oldi.

Nihoyat, u Mourino “Madrid”da ham “Manchester”da ham yarata olmagan birdamlikni yarata oldi. Zaxirada oʻtirgan futbolchi ham Zidanga ishonch bildirdi va oʻz vaqtini kutdi.

Zidan va “Manchester Yunayted” bir-biri uchun yaralgandek. Biroq “no” tomoni bor: Zidan borguniga qadar “Real”da “Manchester”dagidek muammolar yoʻq edi. Rafa Benites yarim yil davomida bunchalik darajada yomon ishlamagandi.

“Manchester”dagi ishlar juda yomon. Tabassum va katta vaʼdalar bilan jamoaga kelgan murabbiylar 6 oydan keyin oʻlim bilan yuzlashayotganlar kabi boʻlib qolmoqda. Rahbariyat rekord darajada daromadga ega boʻlmoqda, biroq vaziyat hal boʻlmayapti: murabbiyga absolyut darajada erkinlik berilmayotgan boʻlsa, rahbariyatning oʻzi ham transferlarni toʻliqligicha nazorat qila olmayapti.

Mourinoning oʻrnida ishlaydigan inson esa katta ehtimol bilan jamoaning asosini saqlab qolmaydi. Xuddi “Real”dagi kabi Zidan oʻz uslubiga mos tushganlarnigina olib qoladi va katta oʻzgarishlarni amalga oshiradi. Zinedin “Real”ga juda kam futbolchi transfer qildi, Teo va Sebalos esa perspektivlik uchun olingandi. Zizu boshqalarga namuna boʻla olmaydigan jamoani qabul qilib oldi va har bir yulduzga oʻzining kuchli tomonini koʻrsatish uchun imkoniyat qilib beraverdi.

U yana bir marta jamoani “qayta qurish” kerakligini sezganida, isteʼfoga chiqdi. U “Manchester Yunayted”ni ham boshqatdan yarata olishni uddalarmikin? “Real” uch mavsum mobaynida asosiy vazifalarini oʻzgartirmadi, bu vaqtda “Yunayted” qimmatbaho transferlar orqali ham yetuk jamoaga aylanmadi.

Zidan tashlagan har bir qadamida muammolarni hal qilishi kerak boʻldi. Agarda u Van Galdan keyin jamoada ishlaganida allaqachon sochi toʻkilgan boʻlardi, albatta bu hazil. Modrich oʻrniga qaysar, agenti orqali gapiradigan Pogba, Krishtianu Ronalduning oʻrniga melonxolik Marsyal va uzoq vaqt bir tempda oʻynay olmaydigan Mata, Ramos va Marseloning oʻrnida Smolling va Shou. Zidanning sochi oʻsib, yana toʻkiladiganga oʻxshaydi.

Bu insonlar Zidanni oʻyinda qutqara olishi mumkinmi, ularning barchasi ham rejalarga kiradimi? Shunday boʻlmagan taqdirda, oradan bir necha oylar oʻtib, oʻz vazifalarini bajaradimi yoki yoʻq, shu haqida pichirlay boshlashadi. Bunday holatlarda har doim oʻzing uchun eng kerakli yoʻlni topib olishing kerak.

Zidan “Real”dagi ilk yarim yilligidayoq ishonchga kirdi, YECHLda gʻoliblikka chiqdi, chempionatda gʻalabali seriya qayd etdi. Shundan soʻng Peres jamoaning ishlariga aralashishga jurʼat qila olmadi - u fransuz bilan gapi bir joydan chiqmasligidan qoʻrqdi. Bu yerda har qadamda kurashish kerak: futbolchilarni boshqarish, rahbariyat bilan yaxshi munosabat, asosiysi jamoani birinchi oʻringa qaytarish.

“Yunayted” - yuqori saviyali futbolchilarga toʻla, biroq befarqlik va tasodifiy futbolchilar bilan shakllangan jamoa. Jamoaning oʻyiniga maza berish esa bir insonning asosiy vazifasi.

Zidan “Manchester Yunayted” boshqaruvini oʻz qoʻliga olsa, oʻz odatidan chekinishi va koʻplab transferlarni amalga oshishiga toʻgʻri keladi. Koʻplab futbolchilar jamoaning saviyasiga toʻgʻri kelmaydi.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Zidan - ikkinchi Fergi. Biroq u MYUni oʻzgartiradi degani emas