16:00 / 31.08.2018
3 855

Boks. Jasurbek Latipov birinchi finalchiga aylandi

Boks. Jasurbek Latipov birinchi finalchiga aylandi
Bugun Indoneziyada Osiyo oʻyinlarining boks boʻyicha musobaqalarida yarim final bahslari boʻlib oʻtmoqda.

Dastlab -52 kg vazn toifasidagi sportchilar ringga chiqishdi. Oʻzbekistonlik Jasurbek Latipov qirgʻizistonlik kuchli raqib Azat Usenaliyev bilan jang qildi.

3 raund yakunlariga koʻra, hakamlar Jasurbek Latipovni gʻolib deb topishdi - 4:1 (10:27, 28:29, 29:28, 29:28, 30:27).

Endi u finalda yarim finalda tailandlik Tongdeye Yuttapongni magʻlub etgan filippinlik Ladon Rogenga qarshi oltin medal uchun ringga chiqadi.

Jasur Latipov yarim finalga qadar xitoylik Hu Jiangguani 3:2 hisobida, indoneziyalik Suguro Aldomsni 4:1 hisobida magʻlub etgandi.

Usenaliyev ishtirokini saralashan boshlab, ilk raqibi, laoslik Akkasit Viyengayni 5:0 hisobida yenggan, nimchorakda Pokiston vakili Asif Said Muhammadni 5:0, chorak finalda esa shimoliy koreyalik O Tay Bomni 5:0 hisobida magʻlubiyatga uchratgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Boks. Jasurbek Latipov birinchi finalchiga aylandi