
“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu mashgʻulotga koʻzi koʻkargan holda keldi.

Futbolchi terma jamoalarga chaqirilmagan boshqa futbolchilar bilan oʻtkazilgan mashgʻulotlarda ishtirok etdi.

“Yuventus” klubining mashgʻulot haqidagi fotohisobotida “Oltin toʻp”ning 5 karra sohibi koʻzi koʻkargan holda shugʻullanganini koʻrish mumkin. Buning sabablari haqida maʼlumot berilmagan.

Katta ehtimol bilan u A Seriya 3-turidan oʻrin olgan “Parma”ga (2:1) qarshi bahsda yuzidan zarba yegan boʻlishi mumkin.
Ronaldu Portugaliya terma jamoasining sentyabr oyidagi oʻyinlariga chaqirilmagan. Portugaliya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fernandu Santush Krishtianuning tarkibga jalb etilmaganini u turinliklar klubiga moslashish jarayonini oʻtayotgani bilan izohlagan.
Portugaliya 6 sentyabr kuni Xorvatiyaga qarshi, 10 sentyabr kuni Millatlar ligasi doirasida Italiyaga qarshi oʻyinlar oʻtkazadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar