Taniqli niderland mutaxassisi Gus Hiddink Xitoy olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Xitoy futbol assotsiatsiyasi hozircha bu haqda rasman maʼlum qilmagan boʻlsa-da, murabbiyning oʻzi bu maʼlumotni tasdiqlagan.
“Men amalda nafaqaga chiqib boʻlgandim, biroq bu juda yaxshi ish boʻlib koʻrinyapti”, - degan 71 yoshli murabbiy.
Hiddinkka 2020 yili Tokioda oʻtadigan yozgi Olimpiadaga yoʻllanmani qoʻlga kiritish vazifasi yuklatilgan. China.orgʻning yozishicha, ushbu vazifa muvaffaqiyatli ado etilgan taqdirda, Tokio Olimpiadasidan soʻng u milliy terma jamoani qabul qilib olishi mumkin. Eslatib oʻtamiz, Xitoy milliy terma jamoasiga 2 yildan buyon italiyalik murabbiy Marsello Lippi ustozlik qilmoqda.
Xitoy matbuotidagi xabarlarga qaraganda, Hiddinkning maoshi soliqlarni hisobga olmaganda yiliga 4,7 million dollarni tashkil etadi.
Gus Hiddink murabbiy sifatida Niderlandiya, Janubiy Koreya, Avstraliya, Rossiya va Turkiya kabi mamlakatlarning milliy termalarini, klublardan esa “Chelsi”, “Real”, “Valensiya” va PSV kabi jamoalarni boshqargan. U 2002 yilgi Jahon chempionatida Janubiy Koreya termasini yarim finalga qadar boshlab borgani bilan Osiyo futbolida oʻz izini qoldirgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan!
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi
YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi
Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi