22:58 / 08.09.2018
2 706

Oʻzbekiston U-21 termasi ustozi: OʻFAdan oʻzimizda ham xalqaro turnirlarni oʻtkazishni soʻragan boʻlar edim

Oʻzbekiston U-21 termasi ustozi: OʻFAdan oʻzimizda ham xalqaro turnirlarni oʻtkazishni soʻragan boʻlar edim
Xitoydagi xalqaro musobaqada ishtirok etib musobaqa chempionligini qoʻlga kiritgan Oʻzbekiston U-21 terma jamoasi ustozi Jamshid Saidov Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati bilan suhbatlashib, musobaqa haqida oʻz fikrlarini bildirib oʻtishdi.

"Avvalambor ushbu musobaqani yuksak saviyada tashkil etib, bizlarni taklif qilgani uchun Xitoy futbol assotsiatsiyasiga oʻz minnatdorchiligimni bildirib oʻtsam.

Tashkiliy tomondan musobaqa juda ham yuqori saviyada oʻtdi. Xabaringiz bor, musobaqada 4 ta jamoa ishtirok etdi. Xitoy, Oʻzbekiston, Tojikiston va Myanma U-21 terma jamoalari. Musobaqa davomida 2 ta gʻalaba va 1 durang natija qayd etishgani uchun futbolchilarga katta raxmat deyman. Oʻyinlar davomida futbolchilarimiz texnika, xarakter va jismoniy jihatdan oʻzlarini ijobiy tomonlama namoyish qila olishdi. Har bir oʻyinda gʻalabaga boʻlgan ishtiyoq yaqqol sezilib turdi. Biz qisqa muddat davomida jamoani bir maqsad yoʻlida birlashtira oldik.

Uzoqda boʻlishimizga qaramasdan, xalqimizning, futbol muxlislari-yu sportga qiziquvchi barcha-barchaning bizni qoʻllab-quvvatlab turganlarini his qilib turdik. Buning uchun Siz azizlarga jamoamiz nomidan minnatdorchilik izhor etaman. Yana bir alohida minnatdorchilikni shu turnirda qatnashish uchun barcha sharoitlarni yaratib bergan Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasiga bildiraman.

Bu xalqaro turnirda yigitlar katta tajriba toʻplashdi deb bemalol ayta olaman. Bunday musobaqalarda tez-tez qatnashish futbolimiz rivojiga oʻz hissasini qoʻshadi deb hisoblayman. Assotsiatsiyamizdan bunday xalqaro musobaqalarni yurtimizda ham tashkil qilishlarini soʻrar edim. Shunda yurtimiz ham futbol bayramiga mezbonlik qilib, tashrif buyurgan oʻzga yurt vakillari serquyosh Oʻzbekistonning madaniyati, urf-odatlari, mehmondoʻstligi-yu sportda erishayotgan yutuqlari bilan tanishish imkoniyatiga ega boʻlar edilar", - dedi Jamshid Saidov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Oʻzbekiston U-21 termasi ustozi: OʻFAdan oʻzimizda ham xalqaro turnirlarni oʻtkazishni soʻragan boʻlar edim