
Moskvaning “Spartak” klubiga oʻtishi aytilayotgan angliyalik afsonaviy himoyachi Jon Terri Rossiya vizasini qoʻlga kiritdi.
Biroq, berilgan maʼlumotlarga koʻra 37 yoshli futbolchi va rus klubi oʻrtasidagi muzokaralar hamon davom etmoqda.
Eslatib oʻtamiz, bundan avvalroq Terri “Spartak” bilan “1+1” koʻrinishidagi shartnoma imzolashi va yiliga 2 million yevro maosh olishi borasida xabarlar tarqalgan edi.
Qayd etish lozimki, bundan avvalroq Terrining “Aston Villa” klubiga qaytishi mumkinligi haqida ham xabarlar chop etildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar