![Meyvezer dekabrda Pakyao bilan revansh jangi oʻtkazishini maʼlum qildi (video)](/uploads/posts/2018-09/1537034632_8nntabpyfkeobq7o1ip2amw5hgqknjem.jpg)
Amerikalik bokschi Floyd Meyvezer shu yilning dekabrida filippinlik Menni Pakyao bilan revansh jangini oʻtkazadi. U bu haqda Instagramʻda maʼlum qildi.
Amerikalik bokschi 2017 yilning 26 avgustida aralash uslub jangchisi Konor Makgregor ustidan gʻalaba qozonganidan soʻng faoliyatini yakunlaganini eʼlon qilgandi. Meyvezerga ringga qaytishni taklif qilishgan, ammo u rad javobini bergandi.
“Men Pakyao uchun ringga qaytaman, - deb yozdi u. –Toʻqqiz xonali sondan iborat yana bir shartnoma”.
Meyvezer va Pakyao oʻrtasidagi birinchi jang 2015 yilning 2 may kuni Las-Vegasda boʻlib oʻtgandi. Oʻrtaga Meyvezerga tegishli WBC va WBA kamarlari hamda Pakyaoga tegishli WBO kamari qoʻyilgandi. Ushbu jangda gʻalaba qozongan Meyvezer boks tarixidagi rekord gonorar - 210 million dollarni qoʻlga kiritgan, Pakyao esa faoliyati davomidagi eng katta gonorar - 140 million dollarga ega boʻlgandi.
Meyvezer hech qachon magʻlubiyatga uchramagan bokschi hisoblanadi, u professional ringda oʻtkazgan 50ta jangning barchasida gʻalaba qozongan (27 nokaut). U faoliyati davomida WBC, WBA, WBO va IBF chempioni boʻlgan, Ring jurnali talqiniga koʻra olti marta vazn toifasidan qatʼi nazar eng yaxshi bokschi deb topilgan.
Pakyao sakkizta vazn toifasida jahon chempionligini qoʻlga kiritgan. Filippinlik bokschi vazn toifasidan qatʼi nazar dunyoning eng kuchli bokschilaridan biri hisoblanadi, u faoliyati davomida 69 jang oʻtkazib, 60tasida gʻalaba qozongan (39 nokaut), yettitasida magʻlub boʻlgan va ikki marta durangga erishgan. Menni 2016 yilda Filippin kongressmenligiga saylanganidan soʻng faoliyatini yakunlaganini eʼlon qilgandi. Ammo yarim yildan soʻng ringga qaytib, amerikalik Jessi Vargasni yengdi va yarim oʻrta vaznda WBO kamarini qoʻlga kiritdi.
Soʻngra esa avstraliyalik Jeff Xorndan magʻlubiyatga uchradi. Filippinlik bokschi soʻnggi jangini shu yilning 15 iyulida oʻtkazgan boʻlib, argentinalik Lukas Matisseni texnik nokautga uchratdi va WBA kamarini qoʻlga kiritdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
![Bayden: “Men dunyoni boshqaraman” расм](/uploads/posts/2024-07/x69e948c158_photo_2024-07-07_12-54-25-2cskoewe.webp.pagespeed.ic.-zKzH7dc18.webp)
Bayden: “Men dunyoni boshqaraman”
![NATOdagilar Bayden Trampni yenga olmasligidan xavotirda расм](/uploads/posts/2024-07/xcd36a14839_g9a6qn9jluzltsheezw-1mzto0mmafvy.webp.pagespeed.ic.nKnEF7ur8Q.webp)
NATOdagilar Bayden Trampni yenga olmasligidan xavotirda
![Viktor Orban: “NATO tomonidan olib borilayotgan siyosat alyans qadriyatlariga zid” расм](/uploads/posts/2024-07/x1c00e5420a_orban1-etd4fk0a.webp.pagespeed.ic.wxNsUHPGiZ.webp)
Viktor Orban: “NATO tomonidan olib borilayotgan siyosat alyans qadriyatlariga zid”
![Nodirbek Abdusattorov Ruminiyadagi turnirda qancha ishlab topgani ma’lum bo‘ldi расм](/uploads/posts/2024-07/x6a5b9e2599_6689198c219d1.webp.pagespeed.ic.4myprCqyzT.webp)
Nodirbek Abdusattorov Ruminiyadagi turnirda qancha ishlab topgani ma’lum bo‘ldi
![Isroil armiyasining sobiq vakili Netanyaxuni mamlakatga nisbatan xalqaro ishonchni yo‘qotishda aybladi расм](/uploads/posts/2024-07/x836c82ae3d_cnn-q3kc5zvy.webp.pagespeed.ic.GYvuO5tgPG.webp)
Isroil armiyasining sobiq vakili Netanyaxuni mamlakatga nisbatan xalqaro ishonchni yo‘qotishda aybladi
![Vitaliy Levchenko: "Futboldagi hayot shunaqa, hech kim uchun doimiy joy kafolatlanmaydi" расм](/uploads/posts/2024-07/xf93cbe6dd4_levchenko052024.webp.pagespeed.ic.LJSetIo-n6.webp)
Vitaliy Levchenko: "Futboldagi hayot shunaqa, hech kim uchun doimiy joy kafolatlanmaydi"
![Surxondaryolik qarzdorga poytaxtdagi sudda jazo tayinlandi расм](/uploads/posts/2024-07/x5e6ac54513_01.webp.pagespeed.ic.HeWbUdgbLS.webp)
Surxondaryolik qarzdorga poytaxtdagi sudda jazo tayinlandi
![Britaniyaning yangi bosh vaziri Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi расм](/uploads/posts/2024-07/x1e431f7317_starmer2-kmiu30ip.webp.pagespeed.ic.2lVVxPBsOk.webp)
Britaniyaning yangi bosh vaziri Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi