00:23 / 16.09.2018
3 265

Bilasizmi? Golovkin birgina jang uchun 4 mln dollar oladi

Bilasizmi? Golovkin birgina jang uchun 4 mln dollar oladi
15 sentyabrdan 16 sentyabrga oʻtar kechasi AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida katta boks kechasi boʻlib oʻtadi.

Kechaning asosiy jangi oʻrta vazn toifasida jahon chempioni Gennadiy Golovkin va Saul Alvares oʻrtasida kechadi.

Jangga oz fursat qolganida bokschilar ushbu bellashuv uchun qancha gonorar olishi maʼlum boʻldi. Boxingnews24 xabariga koʻra, qozogʻistonlik charm qoʻlqop ustasi boʻlajak jangdan 4 mln AQSH dollari miqdorida gonorar oladi. Oʻz navbatida uning raqibi Alvares esa 5 mln dollar daromad qiladi. Yaʼni, chiptalar sotuvi, translyatsiyalar sotuvidan tushgan mablagʻlar 55 % ga 45 % koʻrinishida boʻlinadi.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yili boʻlib oʻtgan jangda mablagʻ 70 % ga 30 % koʻrinishida “arra qilingan” edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bilasizmi? Golovkin birgina jang uchun 4 mln dollar oladi