Ronaldu: “Men biroz bosim ostida qolgan edim”

Ronaldu: “Men biroz bosim ostida qolgan edim”
Turinning “Yuventus” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Italiya A Seriyasi 4-turidan oʻrin olgan “Sassuolo”ga qarshi bahsdan soʻng oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.

“Men haqiqatdan ham xursandman. Mavsumni yaxshi boshladik. ”Sassuolo" yaxshi himoyalandi, ammo biz gʻalabaga haqli edik. Men birinchi golimni kiritishni istayotgan edim, bunga erishganimdan baxtiyorman.

Foydalanilmagan vaziyatlar? Bu futbol. Muhimi jamoam gʻalaba qozondi. “Real”dan ketganimdan soʻng turli gap-soʻzlar tufayli katta bosim ostida qoldim. Jamoadoshlarimga meni qoʻllab-quvvatlaganliklari uchun rahmat aytaman.

Men koʻp mashgʻulot oʻtkazdim va gol kiritishimni bilar edim. Faqat qachon ekanligi vaqt masalasi edi. Men italyan futboliga yaxshi kirishib keta oldim", - dedi portugaliyalik futbolchi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar