“Neftchi” – “Nasaf” uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanining dastlabki qismida ustozi Roʻziqul Berdiyev oʻyin haqidagi oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
"Bugungi uchrashuvda jamoamiz koʻp vaziyatlarga ega boʻldi. Lekin bu vaziyatlarni golga aylantira olmadik. “Neftchi” jamoasi esa imkoniyatlardan toʻliq foydalandi va gʻalaba qozondi.
Bugungi uchrashuvni koʻrib, xulosa qilish mumkin, “Neftchi” jamoasi ikkinchi bosqichda ancha shakllanibdi. Birinchi boʻlib standart vaziyatdan gol oʻtkazib yubordik. Hisobni tenglashtirgach esa, qarshi hujumdan gol oʻtkazdik. Ikkinchi gol jamoamiz ruhiyatiga salbiy taʼsir qildi.
Uchinchi gol esa oʻyin taqdirini hal qilib qoʻydi. Aslida bu golgacha yaratilgan qulay vaziyatlarni golga aylantirishimiz kerak edi. Afsuski buni amalga oshira olmadik", - deydi Roʻziqul Berdiyev. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman"
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi