
Kecha, 24 sentyabr kuni Londonda FIFA talqini boʻyicha futbol olamida 2018 yilning eng yaxshilari aniqlandi.
Unga koʻra, Xorvatiya terma jamoasi va “Real” yarimhimoyachisi Luka Modrich eng yaxshi futbolchi, Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham eng yaxshi murabbiy deya eʼtirof etildi.
FIFAning “Eng yaxshi” sovrinlari ovoz berish orqali aniqlanadi. 25 foiz ovoz muxlislar va jamoatchilik fikri, yana 25 foiz jahon ommaviy axborot vositalari bergan ovozga asoslanadi. Qolgan 50 foizlik ovoz berish huquqi barcha terma jamoalar bosh murabbiylari (25%) va ularning sardorlariga (25%) berilgan.
FIFA rasmiy sayti ovoz berish yakunlari boʻyicha hisobotni taqdim etdi. Unga koʻra, Oʻzbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov, milliy terma jamoa bosh murabbiyi Ektor Kuper va “UzReport” telekanali sharhlovchisi Davron Fayziyev quyidagi nomzodlarga ovoz bergan:
Eng yaxshi oʻyinchini aniqlash soʻrovnomasi
Odil Ahmedov:
1. Lionel Messi
2. Krishtianu Ronaldu
3. Luka Modrich
Ektor Kuper:
1. Lionel Messi
2. Krishtianu Ronaldu
3. Luka Modrich
Davron Fayziyev:
1. Luka Modrich
2. Krishtianu Ronaldu
3. Lionel Messi
Eng yaxshi murabbiyni aniqlash soʻrovnomasi
Odil Ahmedov:
1. Zinedin Zidan
2. Xosep Gvardiola
3. Yurgen Klopp
Ektor Kuper:
1. Didye Desham
2. Diyego Simeone
3. Zinedin Zidan
Davron Fayziyev:
1. Zlatko Dalich
2. Yurgen Klopp
3. Zinedin Zidan
Maʼlumot oʻrnida, 1-oʻrinda koʻrsatilgan laureatga 5 ball, 2-oʻrindagi nomzodga 3 va 3-oʻrinda qayd etilgan daʼvogarga 1 ball hisoblanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar