
Bugun, 29 sentyabr sanasida futbol boʻyicha Italiya A Seriyasining 7-tur bahslari boshlanadi. Kun taqvimidan 3 uchrashuv olgan.
Turni 18:00 da boshlanadigan “Roma” hamda “Latsio” jamoalari oʻrtasidagi Rim derbisi ochib beradi.
Turning markaziy oʻyini esa Turinda kechadi. Unda “Yuventus” Karlo Anchelotti boshchiligidagi “Napoli”ni qabul qiladi. Bellashuv 21:00 da boshlanadi.
Kunning soʻnggi oʻyinida “Inter” “Kalyari”ni mehmon qiladi. Oʻyin 23:30 da boshlanishi belgilangan.
A Seriya 7-tur bellashuvlari:
29 sentyabr, shanba
“Roma”—“Latsio” 18:00
“Yuventus”—“Napoli” 21:00
“Inter M”—“Kalyari” 23:30
30 sentyabr, yakshanba
“Bolonya”—“Udineze” 15:30
“Kyevo”—“Torino” 18:00
“Fiorentina”—“Atalanta” 18:00
“Frozinone”—“Jenoa” 18:00
“Parma”—“Empoli” 21:00
“Sassuolo”—“Milan” 23:30
1 oktyabr, dushanba
“Sampdoriya”—SPAL 00:00 “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar