Biz olgan maʼlumotlarga koʻra, OʻFA raxbariyati Tokio-2020 Olimpiadasi saralash bosqichi avvalidan xorijlik murabbiy izlashni boshladi.
Bundan avval OʻFA Olimpiya termasiga Mirjalol Qosimovni bosh murabbiy sifatida eʼlon qilgan edi. Maʼlumotlarimizga koʻra, mutaxassis va tashkilot oʻrtasida shartnoma imzolanmagan ekan.
«Olimpiadaga yoʻllanma beruvchi U23 yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati 2020 yilning yanvarida Tailandda oʻtkaziladi. Qitʼa chempionatiga borish uchun saralash turniriga esa kelgusi yilning mart oyida Toshkent shahri mezbonlik qiladi.
Biz Mirjalol Qosimovni Toshkentda oʻtadigan turnirgacha futbolchilarni saralab, ular bilan mashgʻulot oʻtkazish uchun jamoaga murabbiy qilib tayinlaganmiz.
Lekin avval boshdan bu lavozimga ham chet eldan tajribali murabbiylardan birini tayinlash uchun muzokaralar olib borayotgan edik.
Ayni paytda 3-4 nafar nomzoddan birini tanlash borasida yagona toʻxtamga kelishimiz kerak. Muzokaralar biz kutganimizdan-da tezroq hal boʻlmoqda. Bir oylarda Ispaniyadan olimpiya terma jamoasiga yangi bosh murabbiy taklif qilinadi.
Milliy terma jamoa bosh murabbiyi Ektor Kuper ham vaziyatdan xabari bor. U ham Ispaniya futbol bozorini yaqindan biladigan mutaxassis sifatida shu joyga murojaat qilishimizni maʼqullagan», — degan U.Ahmadjonov “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi