18:10 / 01.10.2018
3 590

Zidan “Yuventus”da ish boshlashi mumkin

Zidan “Yuventus”da ish boshlashi mumkin
“Real” klubining sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan “Yuventus”da rahbarlik lavozimiga tayinlanishi mumkin, deb yozadi “Kun” nashri.

Tuttosport tarqatgan maʼlumotga koʻra, “Yuve” rahbariyati 46 yoshli mutaxassisni klub bosh direktori lavozimiga tayinlash haqida bosh qotirmoqda. Eslatib oʻtamiz, amaldagi bosh direktor Juzeppe Marotta 25 oktyabrda oʻz lavozimini tark etishini eʼlon qilgan.

Avvalroq Marotta “Yuventus” prezidenti Andrea Anyelli bilan kelisha olmayotgani bois ishdan ketishi haqida aytgani xabar qilingan edi.

Manbada qayd etilishicha, ayni paytda klub tizimida ishlayotgan Pavel Nedved va Fabio Paratichi, shuningdek, Italiya futbol federatsiyasining amaldagi ijrochi direktori, UYEFA vitse-prezidenti Mishel Uva ham “keksa sinora”da bosh ijrochi direktor lavozimiga nomzodlar orasidan joy olgan.

Eslatib oʻtamiz, kecha Zinedin Zidan “Manchester Yunayted” bilan muzokaralarga kirishgani maʼlum qilingan, ammo klub bu xabarni rad etib chiqqan edi.

Maʼlumot oʻrnida, fransiyalik mutaxassis 1996-2001 yillar mobaynida “Yuventus” safida toʻp surib, ikki karra Italiya chempioni boʻlgan. Shundan soʻng u 2001 yilda oʻsha vaqtda jahon rekordi boʻlgan summa – 77 million yevro evaziga “Real”ga oʻtgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Zidan “Yuventus”da ish boshlashi mumkin