TSSKA klubi darvozaboni Igor Akinfeyev Rossiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi. U terma safida 14 yil davomida faoliyat yuritib keldi.
“Har bir hikoyaning boshi va yakuni bor. Mana mening terma jamoadagi faoliyatim oxiriga yetdi. Men uchun terma jamoani Rossiyada boʻlib oʻtgan JCH da sardor sifatida ishtirok etish katta faxr boʻldi. Ochigʻini aytsam, men bu haqida orzu ham qilmaganman. Bu ish amalga oshdi va bu mening termadagi faoliyatimning eng choʻqqisi deb aytaman. Ha biz jahon chempionatida medallarni qoʻlga kiritmadik, lekin yigitlar qoʻlidan kelganicha harakat qildi. Asosiysi, oramizda befarqlar boʻlmadi. Va jamoaning chorak finalga chiqqani kichik boʻlsa ham baxt edi”, - deydi TSSKA posboni.
Darvozabon oʻzining ketishiga izoh berib oʻtdi: “termada 15 yil – katta muddat. Yildan yilga ikki tomonda maksimal zoʻriqishda oʻynash qiyinlashib boraverdi. Jarohatlarni inobatga olganda esa qayta tiklanish uchun koʻproq vaqt talab qiladi. Va aynan hozir men yoshlarga yoʻl ochish va TSSKA klubidagi oʻyinlarga eʼtibor qaratish kerakligini anglab yetdim. Men koʻnglimni hotirjam qilib ketmoqdaman: Rossiyada yaxshi va umidli yoshlar paydo boʻlgan, baʼzi futbolchilarimiz chetda ham oʻzini koʻrsatishmoqda. Biz yoshlarga ishonch bildirishimiz va qoʻllab-quvvatlashimiz lozim. Bu yoshlar bizdan ham omadli boʻlsin. Bundan faqatgina xursand boʻlamiz!”.
Akinfeyev oʻzining faoliyatida qanday boʻlsa ham taʼsir koʻrsatgan odamlarni ham unutmadi: “Terma jamoadagi barcha murabbiylarimga raxmat demoqchiman, men ular bilan uzoq yillar davomida mamlakat sharafini himoya qilib keldik. Rossiya – olgʻa!”
Akinfeyev Rossiya terma jamoasida 2004 yili debyut qilgan. Terma jamoa safida posbon 2008 yili Yevropa chempionatining bronza medallarini qoʻlga kiritgan. Akinfeyev SSKA klubining tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
Manba: www.uff.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Ukrainada urushning 801-kuni: Odessadagi yong‘inlar va Chasiv Yar atrofida jang qilayotgan «Vampir»
O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi?
Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda
Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi”