Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov Superliga formati haqida oʻz fikrlarini bildirdi.
«Superliganing bu formati kelasi yili ham shu tarzda qoladi deb aytolmayman. Biz boshqa variantlarni ham koʻrib chiqamiz.
Ayni paytda chempionatimizda 12ta jamoa ishtirok etayapti. Lekin futbol millionlar oʻyini ekanligini unutmasligimiz kerak. Oʻzbekistonda esa futbolni juda sevishardi. Shuning uchun, uning har bir viloyatida, shahrida albatta futbol boʻlishi kerak. Birgina Toshkentning oʻzidan uchta jamoaning nima keragi bor?
Masalan, men Andijon xalqi oʻz jamoasini Superligada koʻrishini xohlayman. Chunki ular bunga munosib. Yoki Samarqandni olaylik. Samarqandda ham albatta futbol boʻlishi kerak.
Shu bois, biz chempionat formatini qayta koʻrib chiqamiz va buni muhokama qilamiz. Futboldan butun xalqimiz bahramand boʻlishi kerak. Chunki biz Oʻzbekiston futbolini yuksaklarga koʻtarish uchun mehnat qilayapmiz. Shuning uchun chempionatimiz tizimi borasida hammasini yaxshilab oʻylab koʻrganimizdan keyin, qaror chiqaramiz», - deb Ahmadjonov soʻzlarini keltirmoqda Championat.asia “Futbol Ekspress” gazetasiga asoslangan holda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSH Haaga sudining Isroilga nisbatan tergoviga qarshi chiqyapti
Toshkent viloyatidagi 6 ta tumanga yangi radarlar o‘rnatiladi
“Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya)
Tojikiston Rossiyaga jiddiy norozilik bildirdi
Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Sudyalar oliy kengashi «Jo‘rayevlar ishi»da tomonlarni turli xil bayonot berishdan tiyilishga chaqirdi
Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi