2 755
Batkenda Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekiston klublari oʻrtasida “Fargʻona vodiysi kubogi” oʻtkaziladi
Osiyo qitʼasida futbol yildan-yilga jadallik bilan rivojlanib bormoqda. Borgan sayin qitʼa klublar oʻrtasidagi turnirlari va qolaversa Osiyo kubogi ishtirokchilari geografiyasi kengayib bormoqda. Bu esa Osiyoning barcha mamlakatlarida ham qoʻshni davlatlar futboliga boʻlgan eʼtibor ortishiga xizmat qilmoqda.
Shu oʻrinda joriy yilning 9-11 oktyabr kunlari Qirgʻiziston Respublikasining Batken shahrida qoʻshni davlatlar oʻrtasidagi aloqalarni sport orqali ham yanada mustahkamlash maqsadida ilk marta “Fargʻona vodiysi kubogi” boʻlib oʻtadi. Unda Tojikistonning “Xoʻjand”, Qirgʻizistonning “Oloy” va Batken viloyati terma jamoasi, shuningdek, Oʻzbekistonning “Neftchi” klublari ishtirok etishadi. Uchrashuvlar Batken shahridagi “Markaziy” stadionda boʻlib oʻtadi. Musobaqada asosiy jamoalar bilan birgalikda shuningdek, ushbu klublarning 12 yoshgacha boʻlgan tarbiyalanuvchilari ham oʻzaro gʻoliblik uchun kurash olib borishadi.
Taʼkidlash joiz, kelasi yillardan anʼanaviy tarzda oʻtkaziluvchi mazkur musobaqada yanada koʻproq ishtirokchilar qatnashishi koʻzda tutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi