
Aralash yoʻnalish (MMA) boʻyicha rossiyalik jangchi Habib Nurmagomedov irlandiyalik Konor Makgregor bilan jangdan avval oʻtkazilgan vazn oʻlchash marosimida muxlislarga murojaat qildi, deb xabar beradi Kun.uz.
Rossiyalik marosimga ishqibozlarning baland hushtakbozligi ostida chiqib keldi, lekin oʻz soʻzida ularni ham eʼtiborsiz qoldirmadi. U irlandiyalikning muxlislariga uni yoʻq qilishga vaʼda berdi.
“Men ertaga sizning arzandangizni yoʻq qilaman, yigitlar, men uni yoʻq qilib tashlayman. Butun dunyodagi barcha irlandiyalik muxlislarga va ishqibozlarga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Bu jang faqatgina sizlar tufayli boʻlib oʻtadi. Rahmat, ertaga men chempion boʻlib qolaman”, - dedi Nurmagomedov. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar