
Angliya Premyer-Ligasi 8-turidan oʻrin olgan bir oʻyin yakunlandi.
“Manchester Yunayted” oʻz maydonida autsayderlardan biri “Nyukasl”ni qabul qildi va 3:2 hisobidagi qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi. Jamoa 1-boʻlimdan soʻng, 0:2 hisobida orqada borayotgandi. Biroq, 2-boʻlimda vaziyatni oʻz tomoniga ogʻdirishga muvaffaq boʻldi.
Bu natijadan soʻng, “MYU” 13 ochko bilan 8-oʻrinda, “Nyukasl” esa 2 ochko bilan 19-oʻrinda bormoqda.
APL, 8-tur
Manchester Yunayted – Nyukasl 3:2
6 oktyabr, “Old Trafford” stadioni
Gollar: 0:1 – 7 Kenedi, 0:2 – 10 Muto, 1:2 – 70 Mata, 2:2 – 76 Marsial, 3:2 – 90 Sanches.
Manchester Yunayted – De Xea, Bayi (Mata, 19), Shou, Yang, Smolling, Maktomini (Fellayni, 46), Matich, Pogba, Marsial, Reshford (Sanches, 67), Lukaku.
Nyukasl – Dubravka, Lassels, Mankilo, Yedlin, Fernandes, Ritchi, Diame, Shelvi, Kenedi (Merfi, 68), Peres (Xoselu, 88), Muto (Atsu, 78).
Ogohlantirishlar: Shou (45), Ritchi (58), Pogba (63), Diame (69). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar