MMAʻdagi rossiyalik jangchi Habib Nurmagomedovning otasi va murabbiysi Abdulmannop jangdan keyingi mushtlashuv uchun oʻgʻlini jazolashga vaʼda berdi. U bu haqda “Ren TV” telekanaliga aytib oʻtdi.
“Sen oktagonda nima xohlasang, shuni qilishing mumkin. Undan tashqarida - bolalar, ayollar, begona odamlar. Mening jamoam har doim intizomi bilan mashhur boʻlgan, shuning uchun Habibga qarshi sanksiyalar UFCʻdan ham qattiqroq boʻladi”, - deya aytib oʻtdi katta Nurmagomedov. Uning qoʻshimcha qilishicha, roʻy bergan hodisa uchun masʼuldir.
7 oktyabr kuni tongda oʻtkazilgan UFC 229 turnirining asosiy jangida Habib Nurmagomedov Konor Makgregorni 4-raundda boʻgʻish usuli bilan taslim etdi. Jang yakunida dogʻistonlik oktagondan sakrab chiqdi va irlandiyalik raqibining murabbiyi Dillon Dennisga tashlandi. Xuddi shu vaqtda uning jamoa aʼzolari oktagon ichiga kirib Makgregorning oʻziga hujum qilishdi. Janjal politsiyachilar aralashuvi bilan toʻxtatildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi