MMAʻdagi rossiyalik jangchi Habib Nurmagomedovning otasi va murabbiysi Abdulmannop jangdan keyingi mushtlashuv uchun oʻgʻlini jazolashga vaʼda berdi. U bu haqda “Ren TV” telekanaliga aytib oʻtdi.
“Sen oktagonda nima xohlasang, shuni qilishing mumkin. Undan tashqarida - bolalar, ayollar, begona odamlar. Mening jamoam har doim intizomi bilan mashhur boʻlgan, shuning uchun Habibga qarshi sanksiyalar UFCʻdan ham qattiqroq boʻladi”, - deya aytib oʻtdi katta Nurmagomedov. Uning qoʻshimcha qilishicha, roʻy bergan hodisa uchun masʼuldir.
7 oktyabr kuni tongda oʻtkazilgan UFC 229 turnirining asosiy jangida Habib Nurmagomedov Konor Makgregorni 4-raundda boʻgʻish usuli bilan taslim etdi. Jang yakunida dogʻistonlik oktagondan sakrab chiqdi va irlandiyalik raqibining murabbiyi Dillon Dennisga tashlandi. Xuddi shu vaqtda uning jamoa aʼzolari oktagon ichiga kirib Makgregorning oʻziga hujum qilishdi. Janjal politsiyachilar aralashuvi bilan toʻxtatildi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi
2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi
Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto)
O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p?
Tramp Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun “maxfiy” reja ishlab chiqdi