
Bugun har ikkala jamoa bosh murabbiylari va futbolchilari ishtirokida oʻyin oldi matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. Anjumanning dastlabki qismida Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper hamda himoyachi Anzur Ismoilovlar ishtirok etishdi.
"Avvalo shuni aytishni istardimki ertangi oʻyin biz uchun sinovdir. Oldingi oʻyinlar bilan solishtirib farqini solishtiramiz. Oʻsish bormi, kamchiliklar bartaraf etilyaptimi shuni oʻrganamiz.
Ertangi oʻyinda yangi oʻyinchilarni jamoa tarkibida koʻrasiz. Ertaga hujumkor oʻyin koʻrasiz deb ayta olmayman. Men ertaga natija olib keladigan oʻyin koʻrishni xohlayman. Himoyaviy oʻyin sizga yoqmasligi mumkin, lekin men natija koʻrsatadigan taktika tanlashga harakat qilaman.
Murabbiyning tanlovi borasida doim tushunmovchilik boʻlishi mumkin va bosh murabbiy oʻz tanlovini asoslab berishga majbur emas", - dedi Kuper. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar