07:31 / 17.10.2018
2 214

Pogbani “Barselona”da nima kutmoqda?

Pogbani “Barselona”da nima kutmoqda?
Fransiyalik futbolchi “Manchester Yunayted”da yaqqol oʻzini yaxshi his qilmayotgani koʻrinib turibdi, biroq unga jiddiy qiziqish bildirayotgan “Barselona”da oʻynab keta oladimi?

Pol Pogba MYUni 2012-yilda tark etayotganida “Kastilya” ustozi Albert Toril klub prezidenti Florentino Peresga 18 yoshli futbolchini 100 ming yevroga qoʻlga kiritishlari mumkinligini yetkazgandi.

Fransiyalik yarim himoyachi “Yuventus”ga erkin agenti sifatida qoʻshildi. Oʻshanda bu pul uning agenti uchun sarflanishi mumkin edi, xolos. Jahon futbolining kelajagi deya baholangan iqtidorli futbolchilardan biri uchun bunday mablagʻni sarflashga arzirdi.

Shunga qaramay oʻsha vaqtlarda Peres jiddiy transferlar bilan qiziqardi. U Torilga “100 ming? U 100 million turganida menga ayt” deya oʻziga xos tarzda javob qaytargan ekan.

Tajribadan oʻtmagan, nomaʼlum shaxs boʻlgan Pogba madridliklarning biznes modeli – “Galaktika”ga mos kelmasligi aniq edi.

Madridliklar oʻzlari futbol sanoatiga aylanib ulgurgan isteʼdod egalarini “ovlardi” va ularni har qanday narxda sotib olardi.

“Qirollik klubi” katta yulduzlar, yirik tijoriy kelishuvlar, ommaviy sotuvlar bilan ovora edi. Ammo poytaxt jamoasi 2014-yilda oʻzining soʻnggi “galaktika”si – Xames Rodrigesni harid qildi. Oʻshandan beri klbu transfer siyosatini oʻzgartirdi. Biroq ular bu ishga tez orada Neymar va Kilian Mbappe kabi nomdor futbolchilarni sotib olishi bilan qaytishi mumkin.
Bugungi Pogba “Real”ning oʻsha vaqtdagi talablariga toʻliq mos tushadi.

25 yoshli yarim himoyachi jahon futbolining eng bozori chaqqon futbolchisidan biri. Ijtimoiy tarmoqlarda esa unga yetadigani yoʻq.

Va u yana “Old Trafford”ni tark etish arafasida turibdi.

“Yuventus”da u butun salohiyatini toʻliq namoyish qila olmadi, ammo bunga yaqin saviyada boʻldi. Oʻzining eng yaxshi sport formasida boʻlish uchun Pogbaga erkinlik kerak. Shu tufayli “keksa sinora” uni oʻz safida qayta koʻrishdan xursand boʻlishi aniq.

Afsuski Mourino boshchiligidagi MYUda taktik ishlanmalar uni oʻzini koʻrsatishiga imkon bermayapti.

Portugaliyalik murabbiyning oʻyin falsafasi oʻtmishda samara berardi, ammo “orzular teatri”da buni amalga oshirishda qiynalmoqda. U Pogbaga mos nuqta topib bera olmayapti.

Avvalgi bolakay endi Jahon chempioni, oʻz sanoati bor, marka, brend va murabbiyga soʻzi oʻtishi kerak boʻlgan futbolchiga aylangan.

Koʻrinib turibdiki, Pogba va Mourino teng darajada, shu sababli ikkalasi orasidagi kelishmovchiliklar hadeganda tugagani yoʻq.

Yarim himoyachining agenti Mino Rayola esa mijozini yaqin 12 oyda Manchesterdan olib ketish uchun qoʻlidan keladigan barcha ishni qilishi aniq. Oʻzining Angliyaga qaytganidan keyin uchinchi mavsumini oʻtkazayotgan Pogba ham Mourinodan charchadi va klubdan ketishni istamoqda.

Klub ijrochi direktori Ed Vudvord Pogba va Mourino orasidagi mubohasalarda murabbiyni toʻliq qoʻllab-quvvatlashini ommaviy ravishda eʼlon qildi.

Rayola esa futbolchisiga “Yuventus” va “Barselona” jiddiy qiziqayotganini aytib klubga kuchli bosim uyushtirmoqda.

“Yuventus” esa yozda yirik pullar evaziga Krishtianu Ronalduni olib kelgani uchun moliyaviy qiyinchilikka kirib qolishni istamaydi. “Barselona” esa Pogba yoki klub bilan aloqacha chiqmaganini aytmoqda.

Ammo klub sotuvga qoʻyiladigan boʻlsa kataloniyaliklar unga qiziqish bildirishi aniq. Agarda shunday boʻladigan boʻlsa, Pogba “Barselona” uchun ajoyib transfer boʻla oladimi? Bu savol koʻpchilikni qiziqtirishi va oʻylantirishi aniq.

Tiki-taka uslubida oʻynaydigan “koʻk-anorranglilar” yaqin oʻtmishda Yaya Ture, Seydu Keyta va Paulino kabi yarim himoyachilar bilan yetarlicha muvaffaqiyatlarga qozona oldi.

Biroq ularning birortasi “Kamp Nou”da superyulduzga aylangani yoʻq. Shu yil yozida kelgan Arturo Vidalning ayni vaqtda qiyinchilikka uchrayotgani kuchli va jismoniy baquvvat futbolchilar klub falsafasiga toʻgʻri kelmasligini yana bir marta isbotladi.

Pogba Messi bilan birga oʻynash orzusini yashirmayapti. Ammo argentinalik futbolchi bilan oʻynash uchun oʻz oʻyinini oʻzgartirishiga toʻgʻri keladi. U koʻproq intizomli boʻlishi, toʻp bilan yaxshi muomala qilishi talab etiladi.

Mana shu faktorlar sabab fransiyalik iqtidor egasi “Kamp Nou”da ham oʻzini baxtli his qilmasligi ehtimoli yuqori.
Erkinjon Gʻaybullayev

Manba: Sports.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Pogbani “Barselona”da nima kutmoqda?