
Aralash yakkakurashlar (MMA) bo‘yicha musobaqalar tashkillashtirib keluvchi Qirg‘izistonning WEF Global tashkiloti keyingi bahslarda qatnashuvchi jangchilarning nomini e’lon qildi. Unga ko‘ra, noyabr oyida tashkil etiladigan xalqaro musobaqaning ayollar to‘qnashuvida Qirg‘iziston vakiliga o‘zbekistonlik yakkakurashchi raqiblik qiladi.
Barchinay Uzgenbayeva (Qirg‘iziston) va Holida Sobirova (O‘zbekiston) o‘rtasidagi jang Bishkekdagi sport majmualaridan birida bo‘lib o‘tadi. Qayd etish joiz, Sobirova qo‘l jangida -61 kg vazn bo‘yicha O‘zbekiston chempioni hisoblanadi.
10 noyabr kuni o‘tkaziladigan xalqaro musobaqada Markaziy Osiyo davlatlari bilan birgalikda Rossiya, Braziliya, J.Koreya va Yaponiya vakillari ham ishtirok etadi. WEF ushbu musobaqani Yaponiyaning REAL FIGHT ARZALET FGC tashkiloti bilan hamkorlikda o‘tkazishni rejalashtirgan.
Ma’lumot uchun: bu qirg‘izistonlik yakkakurashchining uchinchi to‘qnashuvi bo‘lib, Uzgenbayeva ularning ikkitasida g‘alaba qozongan. Avvalroq u O‘zbekistonning boshqa bir vakili Shahzoda Rahimovani mag‘lub etgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar