“Navbahor”ning rossiyalik yangi bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis rus matbuotiga bergan intervyusida O‘zbekiston chempionati darajasi, Xitoyga ketmoqchiligi va qancha muddatga shartnoma imzolagani haqida gapirib o‘tdi.
— Yangi klubda sizni qanday kutib olishdi?
— Hammasi yaxshi o‘tdi. Men hozir ishga sho‘ng‘iganman.
— Umuman “Navbahor” varianti qanday paydo bo‘ldi?
— Agentlarim bir qator takliflar bo‘yicha ish olib borishayotgandi. Shuningdek, Xitoy variantlari borasida ham ishlanayotgandi. Mayli, bu variant yaqin kelajakda amalga oshishi mumkin. Hozir biz Namanganda ish boshladik. Meni oldimda “Navbahor”ning qolgan o‘yinlarini munosib tarzda o‘tkazish vazifasi qo‘yilgan. Hech bo‘lmaganda hozirgi o‘rnimiz, ya’ni uchinchi o‘rindan pastga tushib ketmasligimiz lozim. Imkon bo‘lsa teparoqqa ko‘tarilishga urinib ko‘ramiz. Biz OChLga yo‘llanmasi uchun kurashyapmiz. OChLga esa dastlabki ikki o‘rinni va kubokni qo‘lga kiritgan jamoalar yo‘l olishadi. Agarda “Paxtakor” kubokni oladigan bo‘lsa, unda bizga yaxshi. Chunki o‘shanda 3-o‘rin ham OChL yo‘llanmasiga ega chiqadi. Oldimda turgan vazifa ancha qiyin. Kamiga ko‘plab o‘yinlarni safarda o‘tkazishimizga to‘g‘ri keladi. Raqiblar ichida esa “Lokomotiv” va “Paxtakor" singari jamoalar bor.
— O‘zbekiston chempionati saviyasini qanday baholaysiz?
— Ochig‘i, hozir buni baholay olmayman. Tarkibdagi futbolchilarga nazar soldim, umuman olganda yomon emas. Yaxshi darajadagi futbolchilar bisyor. Yakuniy bahoni esa o‘yinlarni o‘tkazib bo‘lgach beraman.
— Shartnoma qancha muddatga tuzilgan?
— Bu mavsum yakuni va keyingi yil so‘nggiga qadar.
— Rossiya talabalar terma jamoasi bilan “Navbahor“dagi faoliyatingizni bir vaqtda davom ettiraverasizmi?
— Ha, buni inkor etmayman. Talabalar terma jamoasi har doim ham yig‘ilavermaydi. Bo‘sh vaqtim bo‘lganda ularni yig‘ib yig‘in o‘tkazaveramiz. Talabalar ligasi rahbariyatiga menga bildirayotgan ishonchi uchun minnatdorchilik izhor etaman. U yerda ajoyib insonlar ishlashadi. Ikkala ishimni davom ettirishga qarshiligim yo‘q. Ayni paytda esa asosiy ish joyim O‘zbekistonda. Hozircha rejalar shunday.
— Rossiya chempionatini kuzatib borasizmi?
— Albatta. O‘zbekistonda Rossiyaning barcha kanallari ko‘rsatadi. Rossiya chempionatini kuzataman. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi