
Turinning "Yuventus" klubi forvardi Krishtianu Ronaldu o‘zining "Real"dan ketishida 3 nafar insonni aybdor deb hisoblaydi.
Football Espana nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 33 yoshli portugaliyalik futbolchining jamoadan ketishiga “qirollik klubi” prezidenti Florentino Peresning harakatsizligi, yangi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi va jamoa sardori Serxio Ramoslar asosiy sabab bo‘lgan. Aniqrog‘i, Peres Ronalduga yangi shartnoma taklif qilmagan, Lopetegi va Romos esa uni tarkibda olib qolish uchun rahbariyatga o‘z so‘zlarini o‘tkaza olishmagan.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu Madriddagi 9 yillik faoliyatidan so‘ng yozda 112 mln yevro evaziga “Real”dan “Yuventus”ga ko‘chib o‘tgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar