date

Shota Arveladze: «Bugun bizga hissiyotlar yetishmadi»

Shota Arveladze: «Bugun bizga hissiyotlar yetishmadi»
O‘zbekiston kubogi finalida OKMKga 1:3 hisobi bilan imkoniyatni boy bergan «Paxtakor» bosh murabbiyi Shota Arveladze o‘yindan keyingi matbuot anjumanida raqibning himoyada mustahkam o‘yin ko‘rsatganini ta’kidlab, o‘z jamoasiga hissiyotlar yetishmaganini aytdi.

«Final o‘z nomiga mos tarzda o‘tdi. Unda xatolar kechirilmaydi. Raqib kutilganidek himoyada yaxshi harakat qildi. Biz o‘z o‘yinimizni ko‘rsatib bera olmadik. OKMKni tarixiy kubok bilan tabriklayman.

Jamoaga nima yetishmagani haqida gapiradigan bo‘lsam, ko‘plab omillarni sanab o‘tishim mumkin. Lekin, menimcha, bizga eng asosiysi hissiyotlar va jo‘shqinlik yetishmadi. Bu energiyani jamoaga qaytarishimiz kerak. Qandaydir falsafiy bo‘lib ko‘rinishi mumkin, ammo o‘sha quvvat bugun bizni tark etdi.

Bu mag‘lubiyat chempionatdagi o‘yinlarimizga ta’sir ko‘rsatadimi? Yordam beradi, deb ayta olmayman. Bunday vaziyatlarni boshdan kechirgach, ulardan saboq chiqarish zarur.

Sergeyev nega asosiy tarkibda tushmadi? U boshlang‘ich tarkibda o‘ynaganida bu savolning aksini berishadi. Uchrashuv boshidan maydonga tushmaganlar zaxiradan o‘yinga qo‘shilishi ham, qo‘shilmasligi ham mumkin», - degan Arveladze.

Eslatib o‘tamiz, mamlakat kubogining 11 karra sohibi hisoblanuvchi «sherlar» so‘nggi marta 2011 yilda musobaqa g‘olibi bo‘lishni uddalagan edi. Jamoa bu mavsumda 7 yildan buyon ilk marta finalga qadar yetib keldi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shota Arveladze: «Bugun bizga hissiyotlar yetishmadi»