
«Real» bosh murabbiyi Xulen Lopetegi La Liga doirasidagi «Barselona»ga (1:5) qarshi o‘yindan so‘ng, iste’foga chiqarib yuborilishi xavfi borligi tufayli, jamoa bilan xayrlashdi.
Marca xabariga ko‘ra, 52 yoshli mutaxassis futbolchilarga minnatdorchilik izhor qildi va yaxshi tilaklarini bildirdi. Shuningdek, «har ehtimolga qarshi sizlar bilan xayrlashaman», dedi.
Avvalroq, Lopetegi iste’foga chiqarilishi va uning o‘rniga Antonio Konte tayinlanishi haqida xabarlar tarqalgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar