20:30 / 29.10.2018
3 167

Konte «Real» tufayli ta’tildan erta qaytdi

Konte «Real» tufayli ta’tildan erta qaytdi
«Real» klubi rahbariyati yaqin soatlarda Xulen Lopetegini iste’foga chiqaradi. Klub «Barselona»ga qarshi o‘yinda yirik hisobda mag‘lub bo‘lgach, murabbiyda qolish uchun imkoniyat qolmagan.

«Real» murabbiyligi uchun asosiy nomzod Antonio Konte bo‘lib turibdi.

Tiempo de Juego xabariga ko‘ra, 49 yoshli italiyalik Misrdagi ta’tilini muddatidan avval tugatib, Londondagi uyiga qaytib kelgan.

Oxirgi xabarlarga ko‘ra, «Real» Konteni bugunoq yangi bosh murabbiy etib tayinlaydi.

Konte shu yilning yozida «Chelsi» murabbiyligidan iste’foga chiqarilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Konte «Real» tufayli ta’tildan erta qaytdi