date
views 2 823

«Neftchi» kamchilik qolgan AGMKni yengga olmadi, «So‘g‘diyona» so‘nggi daqiqada mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

«Neftchi» kamchilik qolgan AGMKni yengga olmadi, «So‘g‘diyona» so‘nggi daqiqada mag‘lubiyatdan qutulib qoldi
O‘zbekiston chempionatining 28-turidan o‘rin olgan bugungi uchrashuvlar o‘z nihoyasiga yetdi.

Yaqinda O‘zbekiston Kubogini boshi uzra ko‘targan Olmaliqning AGMK klubi Farg‘onada «Neftchi» bilan bahs yuritdi. «Istiqlol» stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda durang natija qayd etildi.

14-daqiqada Andrey Sidorov qanotdan uzatib berilgan to‘pni boshi bilan darvozaga joylab, mezbonlarni oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘lim debyutida olmaliqliklar bir kishi kam bo‘lib qolishdi: Vladislav Kasminin ikkinchi marta ogohlantirish oldi va maydondan chetlatildi.

Biroq sondagi ustunlikdan vodiyliklar unumli foydalanishga erisha olmadilar. 83-daqiqada Vladimir Bubanya muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘ldi.

Yana bir o‘yin Navoiyda bo‘lib o‘tdi. O‘z maydonida «So‘g‘diyona»ni qabul qilgan «Qizilqum» jangovar durang qayd etdi.

23-daqiqada raqib futbolchilarining qo‘pol xatosidan unumli foydalangan Artur Gevorkyan mezbonlarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, oradan ko‘p o‘tmay mehmonlar javob qaytarishga muvaffaq bo‘lishdi: Oybek Nurmatov «Qizilqum» darvozaboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi va muvozanatni tikladi.

83-daqiqada yana mezbonlar oldinga chiqib olishni uddalashdi: Artur Gevorkyan jarima to‘pini qoyilmaqom tarzda ijro etdi va dublini nishonladi. Barchasi navoiyliklarning g‘alabasi tomon ketayotgan bir vaqtda Sernas Davidas hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda hisobni tenglashtirishga erishdi.

Superliga, 28-tur

«Neftchi» – «AGMK» 1:1 (1:0, 0:1)
Gol:
1:0 – 14 Sidorov, 1:1 – 83 Bubanya.

«Neftchi»: Muzaffar Abdullayev, Shukurali Po‘latov, Abror Ismoilov, Andrey Sidorov, Husniddin G‘ofurov, Boburbek Yuldashev, Avaz Mamatxo‘jayev, Shodiyor Xojimatov, Islombek Karimov (Abdurahmon Abdulhaqov, 59), Sherzod Hakimov (Doston Toshmatov, 80), Doston Tursunov

«AGMK»: Roman Abdulov, Abduqahhor Xojiakbarov, Azamat Isroilov, Jasur Hasanov, Lutfulla To‘rayev (Zafar Polvonov, 78), Zohir Pirimov, Vladimir Bubanya, Kamoliddin Murzoyev (Shoxnazar Norbekov, 46), Vladislav Kasminin, Yovan Jokich, Oybek Qilichev (Muzaffar Muzaffarov, 58)

Ogohlantirishlar: Yuldashev 18, Kasminin 29, G‘ofurov 50, Muzaffarov 66, Bubanya 73.
Chetlatish: Kasminin 55.

«Qizilqum» – «So‘g‘diyona» 2:2 (1:1, 1:1)
Gollar:
1:0 – 23 Gevorkyan, 1:1 – 32 Nurmatov, 2:1 – 83 Gevorkyan, 2:2 – 90+3 Davidas.

«Qizilqum»: Yevgeniy Cheremesin, Erkin Boydullayev(s), Alisher Sanoyev (Samandar Shodmonov, 85), Fayzulla Qambarov, Artur Gevorkyan, Muxsin Ubaydullayev, Sherali Jo‘rayev, Elguja Grigalashvilli, Eldor Boymatov, Ivan Nagayev, Salim Mustafoyev

«So‘g‘diyona»: Milan Mitrovich, Sardor Qulmatov, Elyor Orifov (s), Sardorbek Azimov (Izzatilla Abdullayev, 68), Shoxruz Norxonov, Shaxboz Jo‘rabekov, Toxir Shamshitdinov (Siroj Meliyev, 41), Oybek Nurmatov (Darvidas Sernas, 90), Nikola Milinkovich, Nuriddin Hasanov, Nurillo To‘xtasinov

Ogohlantirishlar: Azimov 10, Milinkovich 58, Norxonov 76.

Manba: www.uff.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Neftchi» kamchilik qolgan AGMKni yengga olmadi, «So‘g‘diyona» so‘nggi daqiqada mag‘lubiyatdan qutulib qoldi