Professional futbol ligasi ishchi guruhi va yangi tashkil etilgan Klublarni litsenziyalash bo‘limi 2019 yilgi mavsum rejalarini tuzib chiqishda davom etmoqda. Ayni vaqtda 2019 yilgi mavsum uchun Superliga va Pro-liga klublariga qanday talablar qo‘yilishi deyarli aniq bo‘lgan. Mazkur masala O‘FA Ijroqo‘mi tomonidan tasdiqlanganidan so‘ng futbol jamoatchiligi uchun e’lon qilinadi.
Unga qadar esa PFL rasmiy sayti 2019 yil uchun amalda bo‘ladigan ayrim bandlarni e’lon qilib boradi. Ulardan biri kelasi mavsumdan boshlab Superliga klubida bosh murabbiy sifatida faoliyat olib boradigan mutaxassisdan “Pro” litsenziyasining talab qilinishidir.
O‘FA qoshidagi murabbiylar malakasini oshirish vazifasi bilan shug‘ullanuvchi bo‘lim “Pro” litsenziyasi uchun navbatdagi kursni shu yilning noyabr oyida boshlashni rejalashtirgan. Ayni vaqtda mazkur bo‘lim mutaxassislari aniq sana borasida OFK tasdig‘ini kutmoqda.
Klublarni litsenziyalash bo‘limi “Pro” litsenziyasi kursida tahsil olayotgan murabbiylarga 2019 yilgi mavsum uchun shartli ravishda Superliga klubini boshqarishga ruxsat beradi. 2020 yildan boshlab yuqorida qayd etilgan tizimga to‘liq o‘tiladi. Demak, 2019 va 2020 yillar davomida O‘zbekiston Superligasida faoliyat olib borish niyatida bo‘lgan murabbiylar harakatni hozirdanoq boshlashi kerak bo‘ladi.
Bunga qadar esa PFL mahalliy mutaxassislar uchun talabni “A”, xorijiy mutaxassislar uchun esa “Pro” qilib belgilagandi. Qolgan jamoalar murabbiylari uchun talablar qanday bo‘lishi keyinroq rasman ma’lum qilinadi.
Ma’lumot uchun, ayni vaqtda Superliga klublarini boshqarayotgan quyidagi murabbiylarda “Pro” litsenziyasi yo‘q: Ro‘ziqul Berdiyev (“Nasaf”), Ulug‘bek Baqoyev (“Buxoro”), Hamid Aktamov (“Qizilqum”), No‘’mon Hasanov (“Qo‘qon-1912”), Bahrom Haydarov (“Neftchi”). Shuningdek, Superligaga yo‘l olish uchun nazariy imkoniyati bo‘lgan klublardan “Andijon”, “Surxon”, “Istiqlol”, “Dinamo” kabi klublar bosh murabbiylarida ham “Pro” litsenziyasi mavjud emas.
Manba: www.pfl.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi