7 noyabr kuni Chempionlar ligasi doirasida bo‘lib o‘tgan «Manchester Siti» - «Shaxtyor» uchrashuvida bosh hakam Viktor Kashshai qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi.
Gap shundaki, uchrashuvning 23-daqiqasi boshlangan soniyalarda mezbonlar hujumchisi Rahim Sterling raqib jarima maydoniga kirib borib, gazonni tepib yuborishi natijasida muvozanatni yo‘qotib yiqilib tushdi. Bu vaqtda 20 metrlar chamasi narida turgan vengriyalik hakam vaziyatga himoyachi tomonidan qoida buzilishi deb baho berdi va 11 metrlik nuqtani ko‘rsatdi. Vaholanki ukrainlar himoyachisi Mikola Matviyenko hujumchiga na qo‘li bilan va na oyog‘i bilan tegingan, unga korpus bilan to‘sqinlik qilishga ham urinmagan edi – u Rahimning ortidan faqat ta’qib qilib kelayotgan edi xolos.
Рахим Стерлинг в качестве претендента на «Оскар» ???? pic.twitter.com/ew9hRjfkEV
— Чемпионат (@championat) November 8, 2018
Sterlingning o‘zi ham vaziyatga oydinlik kiritishga urinmaganini qayd etib o‘tish joiz. Jamoa guruh autsayderini o‘z maydonida qabul qilayotgan va katta ehtimol bilan g‘alabaga erishishi tayin edi. Shunga qaramay, Rahim o‘z aybini tushunib yetdi va o‘yindan so‘ng uzr so‘radi.
«To‘pni o‘rtacha kuch bilan oshirmoqchi bo‘ldim, keyin nima bo‘lganini esa bilmayman. Natijada maydonga ag‘anab yiqilib tushdim.
Himoyachi bilan kontakt bo‘lganini sezganim yo‘q, bu mening aybim edi. Chimni tepib olib, qoqilib tushgandim. Buning uchun hakam va «Shaxtyor» jamoasidan uzr so‘rayman», - degan Sterlingning so‘zlarini keltirib o‘tdi BT Sport.
Yakunda, Gabriel Jezus penaltini muvaffaqiyatli amalga oshirgach, hisob 2:0 ko‘rinishiga keldi va ikkinchi bo‘limda yana to‘rtta to‘p kiritgan «shaharliklar» yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot uchun, Viktor Kashshai jahon futbolida o‘z nomiga ega referilardan biri sanaladi. U JCh-2010da ishlagan, shundan so‘ng YeChLning 2011 yilgi finalini boshqarib borgan. Kuzatuvchilar so‘nggi vaqtlarda uning hakamlik faoliyati sifati tushib borayotganini qayd etishgan. Kechagi bahsdagi xatosidan so‘ng u YeChLdan chetlatilishi mumkinligi aytilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?