Rahim Sterling: «Shaxtyor» hamda hakamdan uzr so‘rayman

Rahim Sterling: «Shaxtyor» hamda hakamdan uzr so‘rayman
Manchester Siti” yarim himoyachisi Rahim SterlingShaxtyor”ga (6:0) qarshi kechgan Chempionlar ligasi bahsidan so‘ng donetsklik klubdan uzr so‘radi.

“To‘pga qarab yugurayotuvdim. Uyog‘iga nima bo‘lganini tushunmadim — chimga quladim. To‘qnashuv bo‘ldi deb o‘ylamayman, o‘z aybim tufayli yiqildim.

Chim ustida qoqilib, sirpanib yiqildim. Shu sababli, “Shaxtyor” hamda hakamdan uzr so‘rayman”, — deya Sterlingning so‘zlarini keltiradi Goal portali.

Sterling “Shaxtyor” darvozasiga urilgan gollardan biriga mualliflik qildi.

Manba: www.uff.uz
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar