«AGMK» klubi bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov Superliga 30-turi doirasida «Qo‘qon-1912»ga qarshi kechgan o‘yindagi mag‘lubiyatdan so‘ng (1:3) o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Bugungi o‘yin uchun muxlislar va rahbariyat oldida uyatdaman. Bunaqasi endi uchramoqda: Kubokni yutgan jamoa jon saqlash uchun kurashmoqda. Futbolda aqlga sig‘mas narsalar bo‘lmoqda.
Kerak bo‘ladigan bo‘lsa, iste’fo berishga tayyorman. Jamoamni tanimayapman, gap yutqazishda ham emas. Mag‘lubiyatga uchrashni to‘g‘ri tushunish mumkin, ammo bugungidek harakat qilish... Shunchaki shokdaman, bugun bunday o‘yin ko‘rsatishga haqqimiz yo‘q edi.
«Qo‘qon-1912» bugungi o‘yinda haqli g‘alabaga erishdi, garchi birinchi bo‘limni yutgan bo‘lsakda qo‘qonliklar yaxshiroq ko‘rinishdi. Xullas bugungi mag‘lubiyatda murabbiylar shtabi aybdor va biz rahbariyatning har qanday qaroriga rozimiz.
- Oldinda OChL musobaqasi kutib turibdi. Qishda jamoada o‘zgarishlar bo‘ladimi?
- Hozir aytganimdek, qishgacha mening qolishim ham so‘roq ostida turibdi. Bugungi o‘yin, shunchaki sharmandalik. Shuncha muxlis va qo‘llab-quvvatlashlar ostida bunday futbol o‘ynashga haqqimiz yo‘q edi.
Hozir vaziyatimizni o‘nglashimiz kerak, OChL haqida o‘ylashga esa haqqimiz ham yo‘q. Kelajakda nima bo‘lishini ochig‘i bilmayman.
Bu murabbiylik faoliyatimdagi eng og‘ir kunlardan biri bo‘ldi. Gapning ochig‘i, bugungi o‘yindan so‘ng murabbiylik sohasini tanlaganimga pushaymon bo‘ldim. Balki o‘zimda kuch topib, yana o‘sishga erisharman, ammo bugun juda og‘ir kun bo‘ldi.
Bugungi o‘yin uchun muxlislarimiz va rahbariyatimizdan uzr so‘rayman.
Manba: www.uff.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Suvning fanga noma’lum bo‘lgan yangi xususiyati topildi
Polsha generali: “Rossiya va Belarus bilan chegarada minalangan maydonlarni o‘rnatish kerak”
Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi
Rossiyada Ishim daryosidagi suv sathi tarixiy rekordni yangiladi
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi
Kim Chen In iqtisodni jonlantirish uchun Rossiya bilan aloqalarni mustahkamlashga intilmoqda
Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi”