12:55 / 11.11.2018
3 284

«Tottenhem» London derbisida g‘alaba qozondi va boshqa natijalar

«Tottenhem» London derbisida g‘alaba qozondi va boshqa natijalar
Angliya chempionatining 12-turida «Tottenhem Hotspur» Londondagi «Selxerst Park» stadionida «Kristal Pelas» mehmoni bo‘lib 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvdagi yagona gol mehmonlar jamoasining argentinalik himoyachisi Xuan Markos Foyt tomonidan urildi. O‘tgan turda «Vulverhempton»ga qarshi o‘yinda jamoa darvozasiga penalti belgilanishiga sababchi bo‘lgan yosh futbolchi London klubidagi ilk golini urdi. Bu o‘yin uning «shporlar» safidagi ikkinchi o‘yini edi.

Bu g‘alaba evaziga «Tottenhem» ochkolari sonini 27taga yetkazdi va Premer-liga turnir jadvalida «Chelsi» hamda «Liverpul» bilan 2-4 o‘rinlarni bo‘lishib turibdi. «Kristal Pelas» 8 ochkosi bilan 16-o‘rinda qolmoqda.

Keyingi turda «Tottenhem» o‘z maydonida «Chelsi» bilan o‘ynaydi. «Kristal Pelas» esa «Arsenal», «Chelsi» va «Tottenhem»ga qarshi ketma-ket o‘yinlardan keyin «Manchester Siti» mehmoni bo‘ladi. Ikki uchrashuv ham 24 noyabr kuniga belgilangan.

Bu turda «Nyukasl» o‘z maydonida «Bornmut»ni qabul qilib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Bu Rafael Benites shogirdlarining qatorasiga 2-g‘alabasi bo‘ldi. Natijada, «hakkalar» xavfli hududdan uzoqlashib, 14-o‘ringa ko‘tarilishdi.

Bu tur doirasida «Lester» o‘z uyida «Byornli»ni mag‘lub etolmadi. «Tulkilar» 17 ochko bilan 10-o‘rinda bormoqda. «Kardiff» «Brayton»dan ustun kelgan, «Sauthempton»-«Uotford» hamda «Haddersfild»-«Vest Hem» o‘yinlarida bir xilda durang hisoblari qayd etilgan.

Bugun «Liverpul» - «Fulhem», «Arsenal» - «Vulverhempton», «Manchester Siti» - «Manchester Yunayted» uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.

Angliya chempionati
12-tur
Kristal Pelas – Tottenhem 0:1 (0:0, 0:1)
Gol:
0:1 – 66 Foyt.
Kristal Pelas – Xennessi, Uan-Bissaka, Tomkins (Kelli, 60), Sako, van Anxolt, Makartur (Serlot, 70), Kuyate, Milivoyevich, Mayer (Shlupp, 67), Taunsend, Ayyu.
Tottenxem – Loris, Tripper (Ore, 24), Foyt, Alderveyreld, Devis, Sissoko, Vanyama, Lamela (Uinks, 83), Alli, Lukas Moura (Son Xыn Min, 71), Keyn.
Ogohlantirishlar: Tomkins (40), Uinks (86).

Kardiff – Brayton 2:1 (1:1, 1:0)
Gollar:
0:1 – 6 Dank, 1:1 – 28 Paterson, 2:1 – 90 Bamba.
Kardiff – Eteridj, Manga, Morrison (Pelter, 70), Bamba, Kanningem, Gunnarsson, Xarris, Kamarasa, Rolls (Rid, 76), Merfi (Xoylett, 72), Paterson.
Brayton – Rayan, Montoyya, Daffi, Dank, Bong, Knokert, Stivens, Kayyal, Iskerdo, March (Bissuma, 39), Myurrey (Andone, 63).
Ogohlantirishlar: Paterson (35), Kanningem (71), Bissuma (90).
Chetlatish: Stivens (34).

Sauthempton – Uotford 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar:
1:0 – 20 Gabbyadini, 1:1 – 82 Xolebas.
Sauthempton – Makkarti, Soaresh, Yosida, Xudt, Bertran, Xeyberg, Lemina, Gabbyadini, Armstrong (Uord-Prouz, 74), Redmond (Obafemi, 90), Ingz (Ostin, 40).
Uotford – Foster, Femeniya, Mariappa, Ketkart, Xolebas, Dukure, Chaloba, Xyuz (Dini, 40), Pereyra (Grey, 68), Deulofeu, Saksess.
Ogohlantirishlar: Bertran (38), Chaloba (55), Soaresh (64), Deulofeu (80), Xeyberg (88).

Nyukasl – Bornmut 2:1 (2:1, 0:0)
Gollar:
1:0 – 7 Rondon, 2:0 – 40 Rondon, 2:1 – 45 Lerma.
Nyukasl – Dubravka, Yedlin, Sher, Fernandes, Dammett, Ritchi (Xeyden, 74), Ki Son Yen, Diame (Atsu, 80), Kenedi (Klark, 78), Peres, Rondon.
Bornmut – Begovich, Frensis, Kuk, Ake, Smit (Deniels, 30), Ayb (Defo, 82), Kuk, Lerma (Gosling, 46), Freyzer, Bruks, Uilson.
Ogohlantirishlar: Sher (45), Kuk (90), Rondon (90).

Lester – Byornli 0:0 (0:0, 0:0)
Lester – Shmeyxel, Rikardu Pereyra, Morgan, Evans (Seyundjyu, 90), Chiluell, Mendi, Ndidi, Olbrayton (Ixeanacho, 60), Gezzal, Grey (Okadzaki, 84), Vardi.
Byornli – Xart, Louton, Long, Mi, Teylor, Lennon, Defur (Xendrik, 55), Kork, Gudmundsson (Breydi, 65), Vouks (Barns, 73), Vud.
Ogohlantirishlar: Morgan (50), Ixeanacho (76).

Haddersfild – Vest Hem 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar:
1:0 – 6 Pritchard, 1:1 – 74 Felipe Anderson.
Haddersfild – Lessl, Yorgensen, Shindler, Kongolo, Xaderdjonay, Muy, Xogg, Billing, Leve (Durm, 45), Pritchard (Mbenza, 72), Mune (Depuatr, 89).
Vest Hem – Fabianski, Sabaleta (Frederiks, 73), Balbuena, Diop, Kressuell, Rays, Diangana (Ernandes, 46), Obiang (Antonio, 64), Snodgrass, Felipe Anderson, Arnautovich.
Ogohlantirishlar: Snodgrass (17), Yorgensen (36).

Turnir jadvali

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Tottenhem» London derbisida g‘alaba qozondi va boshqa natijalar