Xalqaro futbol uyushmasi FIFA O‘zbekiston Superligasida ishtirok etayotgan Toshkentning “Bunyodkor” futbol klubidan 6 ochko olib tashlash talabi bo‘yicha shu yilning sentyabr oyida rasmiy murojaat bilan chiqqandi.
O‘FA mazkur talab yuzasidan Professional futbol ligasini xabardor qildi. Biroq hozirgi kunga qadar “Bunyodkor” futbol klubidan 6 ochko olib tashlanmadi. Shuningdek, mazkur muammoning asosiy sababchisi bo‘lgan ukrainalik futbolchi Sergey Simonenko oldidagi qarzdorlik masalasi rasman yopilgani bo‘yicha ma’lumot ham taqdim etmadi.
FIFA nizomiga ko‘ra, uning tasarrufida bo‘lgan futbol assotsiatsiyalari talabni so‘zsiz bajarishi shart. Yo‘qsa, tashkilot birinchi navbatda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga nisbatan o‘z sanksiyalarini qo‘llaydi. Vaziyat jiddiylashsa, O‘FAning xalqaro maydondagi o‘yinlarda ishtirok etish masalasi ham xavf ostida qolishi mumkin.
Shundan kelib chiqib, endilikda O‘FA Ijroiya Qo‘mitasi Professional futbol ligasini bugun — 16 noyabr kuni qabul qilingan №17 qarori bilan rasman ogohlantirdi hamda “Bunyodkor” futbol klubidan 6 ochko olib tashlashni talab qildi. Bu boradagi maktubga tashkilot rasmiy shaxslari imzo chekdi. PFL FIFA tomonidan qo‘yilgan ushbu talabni so‘zsiz bajarishi, uning matbuot xizmati esa bu haqda jamoatchilikni xabardor etishi kerak bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi
Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi
Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi
Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi