Qozogʻistonning Semey shahrida dzyudo boʻyicha respublika chempioni Jasulan Abiyev oʻldirildi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.
12 noyabr kuni Jasulan Semey shahridagi (Sharqiy Qozogʻiston viloyati) Karajir koʻmir koniga borgan. Guvohlarning maʼlumotiga koʻra, dzyudochi navbatda turgan erkaklardan biri bilan mushtlashib ketgan - raqibi Abiyevning boshiga juda qaltis zarba bergan, natijada dzyudochi vafot etdi. Ushbu holat boʻyicha jinoyat ishi ochildi, qotil Qozogʻiston Jinoyat kodeksining tegishli moddasi boʻyicha 12 yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
Abiyev - dzyudo boʻyicha Qozogʻiston chempioni va turli musobaqalarning koʻp karra sovrindori, uning vazn toifasi 60 kilogrammgacha boʻlgan.
Dzyudochi 2010 yilda sport faoliyatini yakunlagan va biznes bilan shugʻullanishni boshlagan. U 33 yoshda edi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi